Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Smartfonlarda batareya quvvati tez tugab qolmasligi uchun nima qilish kerak?

XXI asrda dolzarb muammoga aylanib ulgurgan yana bir masalardan biri, bu «Battareya charchashi» shunday emasmi?
Endigina yangi telefon olsangizu, uning quvvati ko’pga bormay o’chib qolaversa, bu holat kimga ham yoqar edi?!
Ushbu muammo bo’yicha bir qancha foydali maslahatlar berib o’tishni lozim topdik. Ular quyida ko’rsatilgan:
— Hech qachon telefoningiz batareyasini 0% ga tushurib keyin quvvatlagichga qo’ymang, bu eng katta xato.
— Telefoningiz quvvati 20% — 30% qolganda(eng kami 10%) uni quvvatlagichga ulang.
— Telefoningiz quvvatlagichda bo’lganda undan foydalanmang, o’yin o’ynash haqida gap bo’lishi mumkin emas.
— Qurilma 100% quvvatlanishi shart emas, 90% eng yaxshisi.
— Telefoningizni birinchi kun olganingizda, u 16 — 18 soat quvvatlanishi shart emas, 100% bo’lsa yetarli.

Qachonki yangi telefon olsangiz, sotuvchi sizga qurilma quvvati 0% gacha tugatilsin, keyin 16 — 18 soat quvvatlagichda tursin deydi, ammo bu shart emas.

Ma’lumot uchun:
— Batareya 20% dan kam qolgandan, mobil ineternetdan yoki Wi-Fi’dan foydalanayotgan bo’lsangiz, ammo quvvatlagichga ulash imkoni bo’lmasa, darhol ineterneti o’chiring, chunki batareya internet yoniq holda tezroq sarflanadi.

Yangi batareya sotib olganingizda, u eskisidak ishlamasligi mumkin, bu tabiiy hol, sababi telefon o’zi bilan kelmagan batareyani, uncha xushlamaydi, chunki ba’zi bir parametrlar to’g’ri kelmasligi mumkin.