Chiroyli yozishni o’rganish uchun nima qilish kerak?

✍🏻 Kichkintoyingizni kelajakda chiroyli husnixat egasi boʻlishini istasangiz farzandingizni kichkinaligidanoq bunga tayyorlashingiz kerak boʻladi. Buning uchun bolani erta yozishga oʻrgatish shart emas. Chiroyli yozishda muvaffaqiyatga erishish uchun bolada qoʻl mayda matorikasini rivojlantirish kerak.**

❣️☝️Ilk harflar va so‘zlarni yozishga o‘tishdan avval, sabr va sabot-matonat kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga diqqat-e’tibor qaratish lozim. Bolaning barmoqchalarini tayyorlashda taktil his qilish muhim o‘rin tutadi. Bunda buyumlarning turli xususiyatlari — yumshoqlik, vazn, shakl va bo‘rtmalarini ushlab his qilishga yordam beradigan maxsus o‘yinlarga e’tibor qilish kerak.

❗️🔴❗️Masalan, turli xil kichik narsalarni savatchaga solib, bolakaydan ko‘zlarini yopgan holda nima ekanini topishni so‘rash mumkin. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ruchka va flomasterlar o‘rniga rangli qalamlar, cho‘tka va mumli qalamchalar bergan ma’qul.

❗️🙇🏻‍♀Farzandingiz nimadir chizishi uchun tirishishi kerak — bu keyinchalik yozishni amalga oshirish uchun barmoqlar siquvini shakllantirishga yordam beradi.

❣️🔺❣️Barmoqlar o‘yini kichik motorikani rivojlantirishga yordam beradi – siz barmoqlar vositasida tarix yoki ertakni sahnalashtirishingiz mumkin.
Bu harakatlar aniqlikni shakllantirib, chaqqonlikni o‘zlashtirishga yordam beradi. Jajji farzandingizngiz o‘zining diqqatini bir nuqtaga qaratgan holda sizning ortingizdan harakatlaringizni takrorlay oladi.

❗️🔺❗️Qo‘l harakatlarini va barmoq uchlarining sezgirligini yaxshilash uchun konstruktorlar va turli mozaikalardan foydalansa bo‘ladi. Ularning boʻlaklari turli shakl, bo‘rtmalik va tusda bo‘ladi.
Shuning uchun ham bolakay konstruktorlarni tiklash chog‘ida bola parchalarni qiziqish bilan qayta teradi. Ilk mozaikalar va konstruktorlar juda sodda bo‘lishi kerak, ammo vaqti-vaqti bilan vazifani murakkablashtirib borish lozim.

❣️🔺❣️Plastilin, xamir va loy barmoqlar mushaklarini mustahkamlash orqali kichik motorikani juda yaxshi rivojlantiradi.

❗️Dastavval bolaga, soddaroq, masalan, “bo‘g‘irsoq” yasab ko‘rsating va unga ham yasashini ayting. Asta-sekinlik bilan u buni o‘zlashtiradi va nima yasashni mustaqil ravishda hal qiladi.

❣️❗️❣️ ✍🏻Yozishni o‘rgatish, odatda, nuqtalar, tik chiziqlar va shtrixlardan boshlanadi. Biroq, bolaga yozuv va qing‘ir-qiyshiq chiziqlarining chegarasini belgilab berish kerak emas. Bunda, asosiysi, qo‘lining holatiga ko‘nikma hosil qilishi, jarayon bilan qiziqishi va o‘z diqqatini yozuvga qaratishni o‘rganishi muhim.

❗️Bolakay buni yaxshilab o‘zlashtirib olganidan so‘ng, qator chegaralarini asta-sekinlik bilan seza boshlashi uchun chiziqli daftarlarga o‘tish mumkin. Unutmang, bolalar bo‘yash mashg‘ulotlarini juda yaxshi ko‘rishadi, axir aynan ular bizga kerakli bo‘lgan mahoratlarni rivojlantirishimiz uchun haqiqiy topilmadir. Farzandingiz ko‘nikma hosil qila boshlagach, vazifani murakkablashtiring va yangisini taklif qiling.

🔴❗️🔴☝️Masalan, bo‘yashning turli usullari — turli yo‘nalishlarda egilgan shtrixlash usullari borligini ko‘rsating. Shunchaki toza varaqda chizish ham foydalidir. Bu holatda bolaning xayoloti rivojlanadi, u qalam yoki ruchkasidan ijodi natijasi paydo bo‘lishini kuzatadi. Husnixat daftarlari bunga qo‘shimcha bo‘ladi. Ularda ko‘p hollarda turli shakllar, tasvirlarni aylantirib chizish va boshqa imkoniyatlar bor.

❣️5 yoshda ilk yozma harflarni yozishni o‘rgatishga kirishish mumkin.

❗️Siz harfni to‘g‘ri yozish usulini – qanday boshlab qanday tugatishni osongina tushuntirishingiz kerak. Dastlab, sodda harflar — “o”, “s”, “l” kabi harflardan boshlashni tavsiya qilamiz, asta-sekinlik bilan murakkab harflarga o‘tiladi. O‘zingiz o‘rgangan narsani takrorlashni lashni unutmang. Bola har bir elementni yozish bo‘yicha mahoratini oshirishi zarur.

🔴 Albatta, muvaffaqiyat birdaniga kelmasligiga tayyor bo‘lish darkor. Xotirjam bo‘ling va bolangizni ruhlantirishga urining, axir bolalar uchun sizning qo‘llab-quvvatlayotgangiz juda muhimdir!