Daun sindromi haqida nimalarni bilasiz?

Daun sindromi haqida nimalarni bilasiz?

Daun sindromi — bu irsiy farq, xromosoma anomaliyasi. Oddiy tanada xromosomalar soni oddiygina qilib aytganda 46 ta, Daun sindromi bo’lgan odamlarda bu raqam 47 ta, chunki uchta 21-xromosoma mavjud.

Daun sindromi davolasa bo’ladigan kasallik emas,genetik farqlilikdir.Bu hujayraning bo’linishi paytida hato bo’linish natijasida qo’shimcha xromosoma paydo bo’ladi.

Daun sindromini keltirib chiqaradigan yagona omil — bu homiladorlik yoshi, 35 yoshdan oshgan onalarda sindrom bola tug‘ish xavfi bor.

Ammo odatda,yosh ayollar ko‘proq tuqqani uchun daun sindromi bo’lgan bolalarning 75-80% yosh onalarning chaqaloqlariga to‘gri keladi

Daun Sindromu tug‘ilishi mamlakati, millati, ijtimoiy-iqtisodiy holatiga bog‘liq emas.
Bu tahminan 800 chaqaloqdan birida sodir bo’ladi.
Dunyoda Daun sindromi bo’lgan 6 millionga yaqin odam yashaydi.

Unutmang, ular dunyoning eng shirin, beozor va yolg’on nima ekanini ham bilmaydigan insonlardir.

👉 @homiladoronalar