Chumoli (E.Vohidov)

G’ayrat kamarini beliga bog’lab,
O’zidan kattaroq cho’pni ortmoqlab,
Manzilga tez yetmoq yolg’iz hayoli —
So’qmoq yo’ldan borar
Chumoli
Atrofiga boqmas, ishlar uzun kun,
Ko’ning xirmoniga qo’shmoq uchun don…
Yo’q,
Odam ajdodi bo’lmagan maymun,
Chumolidan tarqalgan inson. (1962)