Do’stlarimni hayron qoldirar (E.Vohidov)

Do’stlarimni hayron qoldirar
Ba’zan ishqiy she’rlar yozganim
Hazilkashlar qo’ymasdan so’rar:
— Kuylaganing qaysi nozanin?

Yo’q dey desam kulgu bo’laman,
Aldamoqni hech ko’rmayman ep.
Ne ham derdim, hazil qilaman,
Shoir hali izlanishda deb… (1957)