Shoir umri (parodiya) (E.Vohidov)

«Mana, men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
She’riyat ko’kida tik parvoz etdim,
Parvozim balanddir uchqun lochindan». (Sayyor)

«Mana, men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan».
Qancha qog’ozlarning boshiga yetdim
Va Lekin Lermontov chiqmadi mendan.

Do’stlarim, ortiqcha kamtarlik nega,
Kelajach o’n yilni ko’rdim oldindan.
Vaqt kelar, yetarman Pushkin yoshiga,
O’shanda… Pushkin ham chiqmaydi mendan. (1961)