Tinglayman ko’p o’zbek so’zlarin (E.Vohidov)

Tinglayman ko’p o’zbek so’zlarin
Xorazmcha talaffuzini.
Xush ko’raman u yer qizlarin
«Qo’ysangiz-a» degan so’zini.

Ular buni aytsa muloyim,
Tillaridan asal to’kilar…
Xorazmlik qizlarni doim
«Qo’sangiz-a» degizgim kelar. (1957)