Yelizaveta II haqida qiziq ma’lumotlar
Qirolicha texnikani ta’mirlay oladi va otishni biladi
Yelizaveta 1945 yilda ayollar o’zini mudofaa qilish guruhlariga qo’shildi. U hech qachon jangovar harakatlarda qatnashmagan, ammo mexanik mutaxassiligini va yana ko’p foydali ko’nikmalarni xosil qilishga erishgan.
U kinoda suratga tushgan
Qirolicha Jeyms Bond (Deniel Kreyg) bilan qisqa metrajli filmda suratga tushgan va xatto eng zo’r “Bondning dugonasi” deb tan olingan ham.
Uning 2 ta tug’ilgan kuni bor
Qirolicha o’z tug’ilgan kunini 2 marta nishonlaydi: 21 aprelda (oila davrasida) va rasmiy ravishda yozning boshida. Bu an’ana noyabrda tug’ilganiga qaramay o’z tug’ilgan kunini rasmiy ravishda yilning issiq faslida o’tkazishni yaxshi ko’rgan qirol Eduard VII tomonidan joriy qilingan.
Uning qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi
Yelizaveta tug’ilganidan keyin taxtga faqat 3-chi nomzod edi, shuning uchun ham, uni qachonlardir qirolicha bo’lib qolishini hech kim kutmagan edi. Biroq, Yelizavetaning amakisi taxtdan voz kechdi, shuning uchun, uning otasi Georg VI toj sohibi bo’lib qoldi. Shunday qilib, u to’g’ridan to’g’ri merosxo’r aylandi.
U 14 yoshidanoq omma oldida so’zga chiqqan
1940 yilda, 14 yoshligida, xamma uchun qiyin davrda qirollik bolalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Yelizaveta radio orqali rasman so’zga chiqqan.
Qirolichaning qutqaruvchi guvohnomasi bor
Qachonlardir Yelizaveta suzish bilan jiddiy shug’ullangan va xatto qutqaruvchi guvohnomasini qo’lga kiritishga sazovor bo’lgan.
Dunyoda eng katta «yer egasi» hisoblangan Qirolicha Elizabetta II Yer yuzasining 16.6% hududiga qonunan egalik qiladi. U bir nechta davlatlarga egalik qiluvchi yer yuzidagi yagona shaxs.
📌 Shlyapada gap ko’p…)