Yaxshi ota-ona bo’lay desangiz…

Yaxshi ota-ona bo’lay desangiz…

1. Asabiylashmang. Siz qanchalik muloyim va sokin bo’lsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda bo’lib o’sadi.
2. Aldamang. «Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday va’da bermang. Bolaga berilgan va’dani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.
3. Urmang. Bolani urishdan yomoni yo’q. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona o’z gapini o’tkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.
4. Har narsani man qilavermang. U mumkin emas, bu mumkin emas, «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga e’tiborsiz bo’lib qoladi.
5. Yomon namuna bo’lmang. O’zingiz xunuk so’zlarni ishlata turib bolangizga «Xunuk gapirma!» deya olmaysiz.
6. Aybingizni tan olishni biling. Biron ishda xato qilib qo’ysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning.