Homiladorlikda qabziyat

Homiladorlikda qabziyat

1 — Kunni bir stakan iliq suv bilan boshlang:
Koʻp miqdorda suv va suyuq ovqatlarni isteʼmol qilish kerak.
Har kuni bir stakan meva sharbati isteʼmol qilish ich qotishni yoʻqotadi.
Kunni bir stakan iliq suv bilan boshlash ,koʻplab homiladorlarda ijobiy natijalar beradi.

2 — Homiladorlik paytida jismoniy mashqlaringizni toʻxtatmang:
Yurish, suzish, velosiped uchish kabi mashqlar ichak faoliyatini kuchaytirishi mumkin.

3 — Tanangizni tinglang: Oshqozon ovqatdan soʻng faollashadi.
Agar kerak boʻlsa, ovqatdan keyin hojatxonadan foydalanishga koʻproq vaqt ajratishingiz kerak.

4 — Temir muvozanatini tartibga soling:
Homiladorlik paytida temir darajasini sogʻlom holda saqlash muhim, ammo koʻp miqdordagi temir ich qotib qolishiga olib kelishi mumkin.
Agar homiladorlikda ishlatiladigan vitamin tarkibida koʻp miqdorda temir boʻlsa, doktoringiz bilan maslahatlashib, tarkibida kam temir boʻlgan vitaminlarga oʻtish muammoni hal qilishi mumkin.

👉 @homiladoronalar