Marsdan kelgan bola: Volgogradlik Boris Qizil sayyorada yashagan(mi?)

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

21 yoshli Boris Kipriyanovich boshqalarni o‘zining o‘tmish hayoti to‘g‘risidagi xotiralarini eslayotganiga ishontiradi. U birinchi so‘zini 4 oyligida, yana bir necha oy o‘tgach, butun iborani to‘liq ayta oldi. Ikki yoshida bola o‘qiy boshladi va yoza olardi. Boris atrofdagilarni nafaqat o‘z qobiliyati, balki begona sivilizatsiyalar va kosmik bilimlari bilan ham hayratga soldi.

Erta bolalik davrida u ota-onasiga ilgari Marsda yashaganligi, sayyorada hayot borligi va katta falokatdan so‘ng omon qolib, o‘z atmosferasini yo‘qotganligi to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Boris bolaligidanoq Quyosh tizimining tuzilishi va uzoq galaktikalarni tasvirlab berardi. Uch yoshidan boshlab yaqinlariga turli xil sayyoralar, sivilizatsiyalar, Marsdagi hayot, boshqa planetadagi kemalar tuzilishi haqida so‘zlardi.
Borisning onasi Nadejda Aleksandrovna shunday deydi: “Hech kim unga o‘rgatgan emas, lekin u gap boshlar, siz esa faqat uni tinglashingiz kerak edi. U Marsni, planetalar tizimi va boshqa sivilizatsiyalarni shunchalik ajoyib tavsiflab berardiki, biz ko‘zlarimizni katta ochib, hayratda bo‘lardik… Bola bularni barchasini qayerdan bilar ekan?”.
“Marsda hayot bor. Unda yadroviy falokat yuz berdi. Qizil sayyorada odam kam qolgan, ular yerosti shaharlarida yashamoqda” deydi Boris.
Uning so‘zlariga ko‘ra, marsliklarning bo‘yi 7 metrdan yuqori va ular karbonat angidrid gazi bilan nafas oladilar.
“U yerdagi odamlarning yoshi 30-35 larda, qarilar umuman yo‘q”, deydi Qizil sayyoralik bola. Kipriyanovich Giza shahridagi buyuk Sfinks ochilganda Yerdagi hayot butunlay o‘zgarishini, ochilish mexanizmi esa Sfinksning qulog‘i ortida yashiringanligini ham qo‘shib qo‘ydi.
Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling: