Istak

Sevgi haqida sherlar

Istak

Ne istaysan, deysan, istaklarimning
Cheki yo’q eshitsang, men so’zlaybersam.
Istaymanki, avval ishq, ilhom bo’lib
Bir bahor misoli qalbingga kirsam.

Yashil yaproqlarga berkinib bir zum,
O’ying, hislaringni o’g’irlab olsam.
Yuzingda balqisam bo’lib tabassum,
Sen uchun bir umr baxt bo’lib qolsam.

Gullar jilvasida boqib muloyim,
Ko’nglingni chorlasam,bermasam orom.
Istagim- oshig’im bo’lsang beqaror,
Butun borlig’ingni eta olsam rom.

Kuy bo’lib elitsam ba’zan bir nafas,
Tinglashni sira tark etging kelmasa.
Umrimga qilib sen hasad ham havas,
Yonimdan bir zumga ketging kelmasa.

Istaymanki, ko’ngling ko’nglimdek bo’lsa,
Orzu -o’ylaringni ko’rolsam ayon.
Istagim -qo’shaloq ochilgan guldek
Mehnat, muhabbatda tursak yonma-yon.

1958.
Saida Zunnunova.

Метки

Asoschi 2016 — HD (Horij kinosi / O’zbek tilida) Ayol — Turk Seriali Barcha Qismlari bo’lajak yorim!!! DIZAYN SHOU — HD 2019-YILGI YANGI SONI Do'st bo'laylik demaganingda DO`ST BILAN OBOD UYING Fazilat honim va qizlari Barcha qismlari FIROQ HAQIDA Gulperi Turk Seriali O'zbek Tilida Ishq Sohillari Barcha Qismlari Jurnalist Barcha qismlari Yangi O’zbek Seriali KIMNI ETMAS BU KO`NGIL SHAYDO Men seni sevardim Muhtasham Yuz Yil — Barcha Qismlari (Turk tarixiy seriali / O’zbek tilida) OTANG OMONAT Pul va Gul Ishqi Barcha Qismlari (Turk Seriali / O’zbek tilida) QARO QOSHING RAMAZON HAYITI TABRIK SHE’RLARI 2019 // РАМАЗОН ХАЙИТ БАЙРАМИ ТАБРИК ШЕЪРЛАРИ 2019 RASHKIM Senku Sensizlikka o’ganib qoldim sevaman hamon Sevgi / O'n sakkizga kirmagan kim bor? sevgim Sizni qattiq sevgan yurak sizniki! SODDA TILAK STALINGRAD - HD 2018 (Horij kinosi / O'zbek tilida) TUG’ILGAN KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK! Tug’ulgan kuning bilan singlim. Yomonlik dunyoga ustun bo’lolmas Barcha qismlari O’zbek tilida Turk Seriali ZO`R TV Dasturlari / ZO`R TV Programmasi Биз бахтли бўламиз / Biz baxtli bo'lamiz Ветреный / Hercai Клятва / Yemin Кольцо / Halka Машраб кўшиғи / Mashrab qo'shig'i ОНАНГ МЕХМОН ОТАНГ ОМОНАТ / ONANG MEHMON Онамга хат / Onamga Xat Сeвги бу… / Sevgi bu... Сен билмайсан / Sen bilmaysan Телепрограмма МАТЧ! Тилайман эй дўстим Фариштам Онам! / Farshtam onam! ҳар қандай дамда