2023-yilga borib Apple kompaniyasining buklanuvchan ekranga ega birinchi iPhone gadjeti paydo bo‘ladi

Taniqli insayder Min-Chi Kuo aytishicha, Apple’ning egiluvchan ekranga ega qurilma anonsini 2023-yilga rejalashtirmoqda.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, buklanuvchan iPhone diagonali 7,5-8 dyuymga teng displeyga ega bo‘ladi. Shu sababli o‘lchami jihatidan u iPad Mini plansheti kabi bo‘ladi.

Hozirda Apple egiluvchan displeylarga oid muammoni yechish ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, katta hajmdagi buklanadigan smartfonni chiqarish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlash kerak.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Samsung bilan hamkorlik qilmoqda va undan birinchi prototiplar uchun egiluvchan displeylarni buyurtma qilmoqda.

Buklanadigan ekranga ega birinchi iPhone narxi $1499 bo‘lishi aytilmoqda.

@NarxiQancha | Manba (https://hi-tech.mail.ru/news/53135-pervyy-skladnoy-iphone-poyavitsya-v-2023-godu/)