UzAvto Motors hodimlari maoshlaridan shikoyat qilmoqda

UzAvto Motors hodimlari maoshlaridan shikoyat qilmoqda

UzAvto Motors ishchilarining aytishicha, oldinlari O‘zbekiston bo‘yicha tayyor mahsulotni yetkazib berib, 7-8 million so‘m oylik olgan. Hozirda esa o’sh 7-8 million so’mlik oyliklar 3 mln so’mgacha tushgan va tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda. Hattoki hodimlar orasida bir oy ishlab 450 so’m va 20 ming so’m oylik olayotganlar ham bor.

Kompaniya vakillarining so’zlariga qaraganda, bugungi kunda UzAvto Motorsda 128 ta avtovoz bor bo’lib, oldin har birida 2-3 tadan haydovchi bo’lgan. Ko’proq fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida 4 tadan haydovchi qilib qo’yilgan. Oylik maosh har bir avtovoz uchun alohida, ya’ni yuk tashishiga qarab to’lanadi.

Misol uchun, bitta avtovoz bir oyda 10 million so’mlik qatnovga chiqqan bo‘lsa, 4 haydovchiga 2,5 milliondan bo‘lib beriladi. 3 nafar haydovchi bo‘lsa 3,3 milliondan, 2 nafar bo‘lsa 5 milliondan bo‘lib beriladi. Kimdir 3,5 million olyapti, kimdir 5 million olyapti.

@NarxiQancha | Manba