Shvetsiyada 99 foiz chiqindilar qayta ishlanadi. (Davlatlar haqida)

Shvetsiyada 99 foiz chiqindilar qayta ishlanadi

Shundan 47% qismi kompostlanadi yoki anaerob usulida qayta ishlanadi. 52% qismi esa 33 ta chiqindilarni qayta ishlash zavodlarida yoqilib, 1,2 million xonadonni issiqlik va yana 250 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Shvetsiya chiqindini qayta ishlash orqali nafaqat atrof-muhitni muhofaza qiladi, balki xazinani ham to’ldiradi — Shvetsiya boshqa mamlakatlardan import qilingan chiqindilardan yiliga o’rtacha hisobda 100 mln dollar daromad oladi.