Bizlar arra tortmoqdamiz… (E.Vohidov)

Bizlar arra tortmoqdamiz…

Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo’q.
Nega arrang tishi yo’q, deb
So’raydigan kishi yo’q.

Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko’zimiz.
Arra tushgan o’sha shoxda
O’ltiribmiz o’zimiz.