Xiaomi kompaniyasi yangi model, Redmi Note 10 ni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi yangi model, Redmi Note 10 ni taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi o’zining yangi Redmi Note 10, Note 10 Pro va Note 10 Pro Max modellarini taqdimotini o’tkazdi.

Smartfonga Full HD+ sifatdagi 6,43 dyuymli Super AMOLED-matritsa o‘rnatilgan. To‘rtta kamera mavjud — 48 megapikselli (Mp) asosiy, keng burchakli 8 Mp, chuqurlikni o‘lchovchi 2 Mp va yana 2 Mpli sensorga ega alohida makro-obyektiv. Old tomonida 13 Mp standart frontal kamera o‘rnatilgan.

Xotiralar ham standart — 4/6 GB tezkor LPDDR4X va 64/128 GB ichki. Shu bilan birga, smartfon 33 wattli tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator bilan jihozlangan.

Redmi Note 10 modellari hozircha faqat Hindiston bozori uchun taqdim etilgan bo‘lib, narxlari quyidagicha:

• Redmi Note 10 — 11 999 hind rupiysi ($164);
• Redmi Note 10 Pro — 15 999 rupiysi ($220);
• Redmi Note 10 Pro Max — 18 999 rupiysi ($260).