Fazogirlik tarixidagi rekord parvoz uchun qancha sarflandi?

Fazogirlik tarixidagi rekord parvoz uchun qancha sarflandi?

24-yanvar kuni Elon Maskning SpaceX kompaniyasi Transporter-1 missiyasini muvofaqqiyatli yakunladi va shu paytgacha bitta raketada uchgan yo’ldoshlar soni bo’yicha rekord o’rnatdi. Oldingi rekord, 2017-yil Hindistondan 104 ta yo’ldosh bitta raketada uchirilgan.

Bortida og’irligi 5000 kg massali 143 ta tijorat va hukumat yo’ldoshlari bo’lgan raketa yerdan 500 km balandlikga ko’tarildi.

Yo’ldoshlarni bortga joylashda, 200 kilogrammgacha bo’lgan sun’iy yo’ldoshni joylashtirish uchun atiga $1 mln, keyin esa har bir kilogramm uchun $5000 kerak bo’ldi.

Hisoblab ko’radigan bo’lsak:
• 5000kg — 200kg = 4800kg
• 4800kg × $5000 = $24 mln
• $24 mln + $1 mln = $25 mln

Shunday qilib, bortga 143 ta yo’ldoshni joylash uchun kompaniya $25 mln sarflagan.