Banan haqida faktlar

2 ta banan iste’mol qilish sizga 90 daqiqalik jismoniy mashqlarga yetarli quvvat bag’ishlaydi.

Bananning foydali xususiyatlari

Bananlarni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi. Chunki ular nafaqat mazali, balki juda to’yimli, oziqlantiruvchi va foydali meva sanaladi. Ushbu ekzotik mevalar tola, B vitaminlari, kaliy, fosfor, temir, kaltsiy va boshqa minerallarga boy.

Bananalar yurak mushaklarini mustahkamlab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, oshqozon-ichak trakti va qon tarkibini yaxshilashga yordam beradi. Misol uchun, Amerikada oshqozon buzilishi bilan odatdagi guruchli parhezdan tashqari, bananlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bunga qo’shimcha ravishda shuni aytish mumkinki, bananlar oshqozon yaralaridagi og’riqni yo’qotadi.

Bananning zararli tomonlari

Bananlarning asosiy zarari ularning ko’p shakarni saqlashlarida bo’lib, shuning uchun diabetga chalinganlar ularni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerak. Pishmagan bananlarda shakar miqdori kamroq, ammo ular erimaydigan kraxmal miqdori ko’pligi sabab ham, meteorizmga olib kelishi mumkin.

Ozishni xohlovchilarga banandan iste’mol qilish tavsiya etiladimi

Banana yuqori kaloriyali mahsulotdir. Agar qo’shimcha vazndan qutulmoqchi bo’lsangiz, unda bu mazali mevani ko’p iste’mol qilmang. Ertalab yoki peshindan keyin kuniga bir dona banan yeyishingiz mumkin, lekin kechqurun ulardan iste’mol qilmaganingiz yaxshiroqdir.

100 gramm banan 90 kKal ni tashkil qilib, ulardan 1,5 grammi oqsillar, 0,2 grammi yog’lar va 21,8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.

Nima uchun bananlar qorayib qoladi

Do’konda yoki bozorda banan sotib olayotganda, yoqimli sariq rangda bir tekis ranglilarini tanlashimiz aniq. Biroq, eng mazali va pishgan banan kichik qora nuqta paydo bo’lgan bananlardir. Bananalar uyingizda qorayib qolsa, hech ham xavotir olmang, bu ularning to’liq pishganligidan dalolat beradi. bunday banan juda mazali bo’lib, organizmda ham yaxshi o’zlashtiriladi.

Bananlarni sovutgichda saqlaganda, ular pishib ketmaydi, balki u yerdagi sovuq harorat sabab ham rangi qorrayib qoladi. Shu sabab ham bananlarni iloji boricha 2-4 kungacha iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Nima uchun ba’zi bananlarning ichida qizil dog’lari bor

Ba’zan bananlarning ichida qizil uzun dog’larga ko’zimiz tushishi mumkin. Ko’pchilik bu qon deb o’ylab, xavotirga tushadi. Ammo unday emas, hech ham xavotir olmang!

Birinchidan, OIV virusi tashqi muhitda bir necha daqiqada tarqaladi va unga banan orqali chalinish umuman mantiqsizdir.

Ikkinchidan, qonning tarkibidagi ba’zi moddalar bilan banan kimyoviy reaksiyaga kiradi va banan ichi qop-qora rangga kiradi.

Uchinchidan, olimlarning aniqlashicha, bu qizil chiziqlar aslida shikastlangan daraxt tomirlarining bakteriyalari bo’lib, bu bakteriyalar insonlarga hech qanday xavf tug’dirmaydi.