Onalarning ko’p takrorlaydigan xatolari

Ona bo’lish bu dunyoning eng go’zal tuyg’usi bo’lsa kerak. Birinchi marta ona bo’lgan ayollar farzandi uchun nima to’g’ri nima xato ekanligini ba’zan bilmaydilar. Boshqalarning gapiga kirib ko‘pincha xatolar qilishadi. Ulardan ba’zilari bilan tanishtirib chiqamiz.

  • Chaqaloqlar gapira olmagani uchun hamma narsaga yig’lashi mumkin, masalan zeriksa yoki sizni sog’insa ham.
  • Yangi tug‘ilgan bolaga suv berish onaning sutidagi vitaminlarni o’ldiradi, unutmangki bola dastlabki 6 oy chanqamaydi, faqat ona suti yetarli bo’ladi.
  • Ona kasal bo’lsa, bolaga kasallik yuqmaydi. Bu sababdan bolangizdan uzoqlashmang.
  • Farzandingizning harorati sizdan farqli emas. Yoz kunlarida tug‘ilgan bo’lsa, kalta kiyim kiydirishingiz mumkin.
  • Bolangizni qo’lga o’rgatishdan qo’rqmang va kichkinaligidan alohida xonaga yotqizmang.
    2 yoshgacha siz bilan uxlashiga,bag‘ringizda o’tirishiga ruxsat bering. Unutmang, bola uchun eng xavfsiz his qiladigan joy bu onaning bag’ridir.
  • Dastlabki 6 oy ichida ovqat bermang, yog‘li , tamatli yoki ziravorli ovqatlar dastlabki 6 oy uchun juda zararlidir.
  • Yangi tug’ilgan chaqaloqni har kuni cho’miltirishingiz mumkin.
    Suvda bola tez va sog‘lom o’sadi.Diqqat q’lishizgiz kerak bo’lgan narsa xonaning havo harorati bo’lsin.

👉 @homiladoronalar