Yolgʻizlik qurboni

19 января, 2021 admin 0

Ulfat akaning oʻlimidan keyin Tamara xola yolgʻizlanib qoldi… Garchi befarzand boʻlsalar-da, qirq yillik turmushlari davomida eri bilan yomon yashashmagandi. Farzand boʻlmaganidan keyin er-xotin bir-biriga suyanib qolarkan-da. Bunday er-xotinlarning qay biri avvalroq olamdan oʻtsa, beva qolganining mashʼum ayriliqqa koʻnikishi oson kechmas ekan. Tamara xola ham erining oʻlimidan keyin avvallari toʻtiqush saqlanadigan

Nomussizlik qismati

19 января, 2021 admin 0

Maʼlumki, badiiylik voqealarning tafsilotini quruq bayon etish, ularni izohlash emas, aksincha, qahramonlar ruhiyatida kechayotgan baʼzan shiddatli dolgʻalarni, gohida sokin kechinmalarni sanʼatkorona koʻrsata bilish, ularni psixologik jihatdan asoslay olishdadir. Olim Izzat Sulton taʼbiri bioan aytganda, “Inson psixologiyasini tasvirlovchi sanʼatkor oʻzini har qanday insoniy ruhiy holatda tasavvur eta bilishi kerak”. Sh. Xolmirzayevning

Shoir koʻngli manzaralari

19 января, 2021 admin 0

Poetik obrazlar biror adabiy muhit doirasida shakllanib, mukammallik kasb etadi va maʼlum vaqt oraligʻida anʼanaga aylanadi. Jamiyatdagi insonlar tafakkurining oʻzgarishi bilan poetik obrazlarda ham yangilanish sodir boʻladi. Buni istiqlol davri sheʼriyati misolida kuzatish mumkin. Oʻtgan asrning soʻnggi yillari shoirlar ijodida poetik obrazlar sof dunyoviy, milliy, ijtimoiy asosga qurila boshladi. Shu

Bolalikdan ayrilish qiyin

19 января, 2021 admin 0

Bolaligimni qoʻmsayveraman, qoʻmsayveraman… Ichikib-ichikib sogʻinaman… Vaholanki, u zamonlarda hayot yengil boʻlmagan. Uylar polsiz, qishda pechka topilsa, koʻmir topilmaydi. Oʻtin yoqsang, bir lovullab isitadi-yu, yana tafti soʻnadi. Sandalning ahvoli ham shu. Qor yoki yomgʻir yogʻsa, tomdan chakki oʻtgani-oʻtgan, suv tomchilayotgan joylarga terib qoʻyilgan turli idishlardan taralgan “chak-chuk”, “tiring-tiring”larga koʻrinmas ajinalar oʻyin

Davo deb bil yurt erkin!

19 января, 2021 admin 0

BURCH   Yot odamga doʻnmadim, Shoxdan shoxga qoʻnmadim, Poyloqchiman shu yurtga!     KEKSA JANGCHINING DALDASI   Elburutdan oh urma, Oʻqni sugʻur koʻksingdan. His etolsang el dardin, Yarang chiqar esingdan.   Talvasangni yigʻishtir, Jarohating ogʻirmas. Em deb bilsang yurt erkin, Qirq yarang ham ogʻrimas.     GʻOFIL   Na kuydim

Olis ishq sogʻinchi yoxud Vatan surati

19 января, 2021 admin 0

Olis-olis qirlar ortidan, Boysun togʻlari adogʻidan dilni orziqtirguvchi navo taraladi. Moʻysafid xarsangtoshlar mangulik duosini oʻgirayotgandek, oʻrkach-oʻrkach boʻlib yotgan adirlar asrlardan yodgor karvonlarni eslatadi. Yam-yashil dashtlarda qora suruvlar, osmonning zangori yaylovida esa boqilgan oq hisori qoʻylar misoli semiz bulutlar sokin kezinadilar. Dunyo cheksiz, borliq hudud buhududday. Navo qir-adirlar, tepalar va doʻngliklarning

Rahmatulla shoirning koʻngil olami

19 января, 2021 admin 0

Rahmatulla Yusuf oʻgʻlining ijodiy faoliyati boshqa baxshi-shoirlarnikidan tubdan farq qiladi. Rahmatulla shoir baxshilik sirlari, Qoʻrgʻon dostonchilari repertuarini oʻzlashtirish bilan bir qatorda, mumtoz adabiyot, XX asr zamonaviy adabiyotini yaxshi bilgan. Chet el adabiyotidan ham boxabar boʻlgan. Bundan tashqari adabiyotshunoslik va folklor ilmi, amaliyoti bilan tanish boʻlganligi sabab oʻz faoliyatiga, boshqa baxshilar

Estetik did tarbiyasi

19 января, 2021 admin 0

Estetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri boʻlib, his-tuygʻu va tafakkur birligi, inson oʻzligini ifodalovchi bahodir. Bir vaqtning oʻzida ham bizning bahomiz, ham bizga berilgan baho boʻlib, estetika fani tadqiqot doirasining eng murakkab va qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. Estetik didga ega boʻlgan inson atrof-muhitni goʻzallik va xunuklik, ulugʻvorlik va tubanlik,

Ayollik baxti

19 января, 2021 admin 0

General-leytenant Zapupirining dafn marosimi. Marhumning uyidan motam musiqasi va qattiq-quruq ovozlar yangrardi. Xabar topgan tomoshatalablar har tomondan yugurib kelishgan. Chiqarish marosimiga oshiqqanlar orasida Probkin va Svistkov ham hoziru nozir. Ikkovi ham xotini bilan birga. – Mumkin emas! – Mahalliy nozir yordamchisi yoqimli, ochiq chehra bilan toʻsiqqa yopirilib kelganlarni toʻxtatishga urinardi.

Boʻron tingan kecha

19 января, 2021 admin 0

Farmon togʻamga   “…Jonuzoq arab sal guppiroq odam edi. Uning nazarida, bu yorugʻ dunyoda atigi ikkita hurmatga loyiq odam bor edi: biri – galatepalik rais Raim Gʻaybarov, ikkinchisi – qamashilik rais Norboʻta Sharof”.Murod Muhammad Doʻstning “Lolazor” romanidan   Hu-uv, u davronlar boshqacha edi. Har mardumning dili tili bilan bir edi.