
Qo’rqar edim sevib qolishdan.
Kechalari yo’qolgan orom,
So’roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom
Qo’rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib
Qo’rqar edim sevib qolishdan.
So’zlashardim sen bilan to’lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba’zan faqat hayolga tolib
Qo’rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o’tli-totli boqishlar
Qarshisida turolmadim jim,
Qo’rqar edim sevib qolishdan,
Lekin…